

Futbolchi “Navbahor” bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda namanganliklar matbuot xizmati e'lon qildi.
“O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi Muhammadqodir Hamraliev jamoamiz bilan shartnoma imzoladi.
Ushbu futbolchi – 2001-yil, 6- iyul kuni Farg'ona shahrida tug'ilgan. Ampluasi - himoyachi.
Faoliyati davomida "Dinamo" (Samarqand, 2020-2021 yillar), "Olimpik" (Toshkent, 2022 yil), jamoalarida o'ynagan, 2023 yildan buyon "Paxtakor" (Toshkent) safida o'ynayotgandi.
Bundan tashqari, Muhammadqodir Hamraliev O'zbekiston U-23 (2021-2024) terma jamoasi tarkibida maydonga tushgan va 2023 yildan buyon O'zbekiston milliy terma jamoamiz a'zosi sanaladi.
Muhammadqodir Hamralievga “Navbahor” tarkibida yorqin o'yinlar namoyish etib, “lochinlar”ning zafarlariga o'zining munosib hissasini qo'shishiga tilakdoshmiz” - deyiladi “Navbahor” bayonotida.



