

“Aral” rossiyalik futbolchi Ruslan Askerov bilan shartnoma imzoladi. Rossiyalik yarim himoyachining oxirgi jamoasi Gruziyaning “Merani Martvili” jamoasi bo'lgan edi.
Askerov o'z navbatida “Baltika IFU” (Rossiya), “Slonim” (Belarus), “Osipovichi” (Belarus), “Lida” (Belarus) jamoalarida o'ynagan.
Askerov joriy mavsum Gruziyaning ikkinchi darajali ligasida 13 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta gol urgan va 2 ta golli pas bergan.



