"Liverpul" Arauxoni "Barselona"dan 55 million evroga sotib olish huquqi bilan ijaraga oldi

Aslanov Jasurbek
10 avg 2026, 22:45
Ronald Arauxo "Liverpul" futbolchisiga aylandi.

Ingliz klubi 27 yoshli himoyachi "Barselona"dan ijara asosida o'tganini e'lon qildi. Avvalroq mersisaydliklar futbolchini 55 million evroga sotib olish huquqiga ega bo'lishi haqida xabar berilgandi. Jurnalist Ben Jeykobsning yozishicha, futbolchining ijarasi bepul bo'ladi, ammo "qizillar" unga to'liq maosh to'laydi. Shu bilan birga, Arauxo bo'lajak mavsum uchun maoshini kamaytirishga rozi bo'lgan. O'tgan mavsumda urugvaylik futbolchi La Ligada 24 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: liverpoolfc.com