Insayder Diomande kelganidan so'ng "Real"ni tark etadigan o'yinchi nomini aytdi

8 avg 2026, 10:00
"Real" a'zosi Endrik Yan Diomande "RB Leyptsig"dan transfer qilingach, klubni tark etadi. Bu haqda insayder Ramon Alvares de Mon X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida ma'lum qildi.

Futbolchining agentlari Angliya Premer-ligasidan o'z mijozlari uchun yangi jamoa qidirish bilan shug'ullanishmoqda.

Manba ma'lumotiga ko'ra, braziliyalik futbolchi klubni ijara asosida tark etadi. "Real" futbolchi bilan vaqtincha xayrlashishga va uni Angliyaga qo'yvorishga rozi bo'lgan.

OAV xabarlariga ko'ra, Yan Diomandening "Real"ga transfer summasi 125 million evroni tashkil etdi, muayyan shartlar bajarilib, bonuslar inobatga olinsa, o'tish "qaymoqranglilar"ga 140 million evroga tushishi mumkin. Endrik o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini ijara huquqi asosida "Lion"da o'tkazgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com