

“Fichajes” nashrining ma'lumotlariga ko'ra, 20 yoshli braziliyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 40 million evroga baholamoqda.
Endrik o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini ijara huquqi asosida “Lion”da o'tkazdi. Fransiya klubi safida u 21 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urgan va 8 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Oldinroq hujumchi “Real” rahbariyatiga shu yozda klubni tark etmoqchi ekanini ma'lum qilgani haqida jurnalist Yag'iz Sabunjio'g'lu yozib qoldirgandi.
Braziliyalik futbolchi JCH-2026’da 4 ta o'yinda maydonga tushdi.
Endrik 20 yoshda va u Braziliyaning “Palmeyras” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U ushbu jamoa safida 82 ta o'yinda maydonga tushib, 21 ta gol urgan va 3 ta golli uzatma muallifi bo'lgan. 2024 yilda futbolchi “Real”ga o'tgan, biroq turli turnirlarda atigi 3 ta o'yin o'tkazib, mahsuldorlik ko'rsata olmagan.



