

“Bugungi natija biz kutganidek bo'lmadi. Ammo har bir sinov, har bir qiyinchilik va har bir tajriba insonni kuchliroq qiladi.
Oxirgi hushtakkacha bor kuchimizni berdik. Har bir saboq va har bir sinov uchun minnatdorman, bizni qo'llab-quvvatlagan barchaga rahmat.
Biz o'rganamiz, o'samiz va oldinga qarab yurishda davom etamiz”, - deb yozadi Shomurodov o'z instagramida.
O'zbekiston termasi navbatdagi uchrashuvini 23 iyun kuni Portugaliyaga qarshi o'tkazadi.



