

Uchrashuv davomida O'zbekiston termasi himoyachisi Abduqodir Husanov to'p uchun kurash epizodlaridan birida maydon chetida faoliyat olib borayotgan translyatsiya operatori bilan to'qnashib ketdi.

Operatorning holidan xabar olinib, unga Abduqodir Husanovning imzosi tushirilgan maxsus futbolka topshirilgan. Himoyachi operatorga tezroq sog'ayib ketishini tilab, samimiy tilaklarini yo'lladi.




