"Inter" "Atalanta" futbolchisini 45+5 million evroga sotib olmoqda

18 iyun 2026, 21:25
"Inter" klubi Marko Palestra transferi bo'yicha "Atalanta"ga rasmiy taklif yubordi.

Insayder Fabricio Romano ma'lumotiga ko'ra, taklif summasi 45 million evroni tashkil etadi, yana 5 million evro turli bonuslar ko'rinishida vada qilingan.

"Neradzurri" futbolchi bilan shaxsiy shartlar bo'yicha kelishuvga erishgan. 21 yoshli himoyachi "Inter"ga o'tishni istamoqda va transfer amalga oshishini kutmoqda.

Bitimni yakunlash uchun tomonlar yana bir bosqich muzokara o'tkazishi kerak bo'ladi. Biroq "Inter" rahbariyati ham, futbolchining o'zi ham transfer muvaffaqiyatli yakunlanishiga ishonch bildirmoqda.

A Seriyaning 2025/26 yilgi mavsumida eng yaxshi himoyachi deb topilgan Palestra o'tgan mavsumni ijara asosida "Kalyari" safida o'tkazgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/FabrizioRomano