“Mundial Allplay bilan”: Kechikkan prevyu – 2-turda bizni qanday o'yinlar kutmoqda? (1-qism)

18 iyun 2026, 21:54
Championat.asia mundial bosqichlari uchun prevyular berib borishda davom etadi. Navbat – 2-turga. Maqolaning birinchi qismida dastlabki 6 ta guruhda bo'lib o'tadigan o'yinlarga to'xtalamiz.

“A” guruhi

Ilk turning ikki mag'lub va g'olib jamoasi o'zaro to'qnash keladi. Dastlab, Chexiya JAR bilan ochkolarni bo'lishib olsa, so'ng mezbon Meksika Janubiy Koreya sinovidan o'tadi (yoxud teskarisi). 

Kimdir muddatidan avval mundial bilan xayrlashsa, yana kimdir pley-off yo'llanmasini hal qilishi mumkin. Koreya Yevropa jamoasiga qarshi kambek qayd etgandi, navbat Janubiy amerikaliklargami? Mezbon maqomi rol o'ynaydimi, Meksika buni ikkinchi o'yinda ham namoyon etishi kerak.

A.jpg

JAR esa joriy chempionatga ham shunchaki kelmaganini ko'rsatishga intiladi, chexlar esa muxlislariga ilk turdagi natija tasodifligini isbotlashga urinadi.

  • 18 iyun, 21:00. Chexiya - JAR

  • 19 iyun, 06:00. Meksika - Janubiy Koreya

“B” guruhi

Mazkur guruhda barchasi qaytadan boshlanadi. To'rtalasida ham imkoniyat teng, haqiqiy kurash shu yerdan boshlanadi. 

Qatar Shvecariyaga qarshi bahsda sensaciya qayd etmaganini mezbon Kanadaga qarshi o'yinda isbotlashi kerak. O'z navbatida, kanadaliklar futbol ular uchun ham birinchi raqamli bo'lib borayotganini ko'rsatishga shay. Haqiqiy intriga ikkinchi o'yinga qaraganda shunisida ko'proq.

B.jpg

Shvecariya esa hamqitasi Bosniya bilan o'yin o'tkazadi. Ayni shu ikki terma jamoa pley-offga chiqishda ustunlikka ega deya baholangandi. Mazkur bahs ko'p narsaga oydinlik kiritishi turgan gap.

  • 18 iyun, 23:59. Shvecariya - Bosni

  • 19 iyun, 03:00. Kanada - Qatar

“C” guruhi

Braziliya kim aslida kimligini ko'rsatadigan vaqt keldi, nazarimizda. Neymar mashg'ulotlarga qaytdi, Anchelotti endi Vinisius bilan birga tushirishni o'ylab, boshi qotib turgan bo'lsa kerak. Raqib esa - Gaiti. Ularga oson bo'lmasligi aniq.

Shotlandiya - Marokash esa besh karra JCH g'oliblarining o'yinidan ham qiziqarli bo'lishi aniq. Sababi, Yevropa terma jamoasida uch ochko bor va ular tezroq pley-offni hal qilishga intilishadi. Agar mag'lub bo'lsa, so'nggi turda Braziliyaga duch keladi va bu og'ir bo'ladi.

C.jpg

Afrika chempionlari esa joriy mundialda syurpriz emas, balki chindan favorit ekanini isbotlamoqchi. Ular kamida durangga umid qilishadi, harqalay kelasi turdagi raqib - Gaiti. 

  • 20 iyun, 03:00. Shotlandiya - Marokash

  • 20 iyun, 05:30. Braziliya - Gaiti

“D” guruhi

Mezbon AQSH barchaga salom yo'llamoqda. Ular imkon qadar shu turda pley-off masalasini hal etishga urinadi. Avstraliya esa JCHga bekorga kelmaganini eslatgan holda mehmonlikni bir chetga surib turadi. Ular ham masalani so'nggi turga qoldirishni istamaydi.

D.jpg

Paragvayning nima aybi bor ediki, ular bu turda ko'zi qonga to'lgan Turkiyaga duch kelmoqda. Gyuler yetakchiligidagi jamoa nima qilib bo'lsa-da muxlislarini shod etishga intiladi. Bo'lmasa oxirgi turda AQSH bilan o'yin, agar ularning ham masalasi 3-turga qolsa, “olovli” stadionda qolib ketishlari aniq. 

  • 19 iyun, 23:59. AQSH - Avstraliya

  • 20 iyun, 08:00. Turkiya - Paragvay

“E” guruhi

Kot-d’Ivuarning esi bo'lsa, Germaniyaga qarshi ortiqcha harakat qilib o'tirmaydi. “Nemis mashinasi”ning so'nggi ikki mundialdan beri ko'zi qonga to'la. Bu safar ularga guruhda qolib ketishga hech nima to'siq bo'la olmaydiganga o'xshayapti, hatto, ilon ham. Afrika terma jamoasi esa kuchini tejab, Kyurasaoni kuta qolgan yaxshi. Aytishlaricha, gollar ulashilyapti ekan.

E.jpg

Ekvador ko'p ehtimol 3-o'rin uchun kurashga kiradi va nima qilib bo'lsa ham yirik g'alabaga intiladi. Oxirgi turda Germaniya bilan amallab durang o'ynasa, ular plyusda. 

  • 21 iyun, 01:00. Germaniya - Kot-d’Ivuar

  • 21 iyun, 05:00. Ekvador - Kyurasao

“F” guruhi

Shvetsiyada sensaciya qilish uchun zo'r imkoniyat. Niderlandiyani mag'lub et va peshqadamlikni naqd qil, yo'li oson. Biroq Kuman shogirdlari bunga yo'l qo'yishlari biroz savolli. Ular Yaponiya bilan durangni kutmagani kabi, bu o'yindan ham yutuqdan boshqa narsani istashmaydi. 

F.jpg


Kunchiqar yurt vakillari esa Tunis bilan o'ynaydi. Ko'p ehtimol 2-o'rinni hal etadigan bahs so'nggi turda bo'ladi. Shvetsiya - Yaponiya o'yinini hozirdan kutish mumkin.

  • 20 iyun, 22:00. Niderlandiya - Shvetsiya

  • 21 iyun, 09:00. Tunis - Yaponiya

JCH-2026'ni Allplay'da tomosha qiling - CHAMPIONATASIA promokodi bilan 45 kun bepul

Promokodni faollashtirish HAVOLASI

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia