

JCH–2026 guruh bosqichi 1-turida O'zbekiston terma jamoasi Kolumbiyaga 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi.
"O'zbekiston terma jamoasi tushkunlikka tushmasligi kerak, biz ularni qo'llab-quvvatlashda davom etamiz. Yigitlar o'z tarixidagi ilk Jahon chempionati o'yinini o'tkazishdi. Men ularga katta hurmat va samimiylik bilan qarayman.
Raqib kim bo'lishidan qati nazar bu turnir har qanday jamoada imkoniyat borligini ko'rsatmoqda. Masalan, kecha Portugaliya va Kongo DR o'rtasidagi uchrashuvni olaylik.
Oldinda yana ikki o'yin bor. Balki ular g'alaba qozonib, keyingi bosqichga ham chiqishar. Hali imkoniyatlar bor, lekin termaning guruhi juda qiyin", - dedi Guberniev.



