Janubiy Koreya bosh murabbiyi dron haqida: "Yaxshiyamki, bu taktik mashg'ulotlar boshlanishidan oldin sodir bo'ldi"

18 iyun 2026, 23:52
Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi Xon Myon Bo JCH–2026 doirasida Meksikaga qarshi o'yin oldidan mashg'ulot paytida sodir bo'lgan dron bilan bog'liq hodisaga munosabat bildirdi.

Avvalroq seshanba kuni Janubiy Koreya terma jamoasining yopiq mashg'uloti vaqtida mashg'ulot maydoni ustida uchuvchisiz uchish qurilmasi aniqlangani xabar qilingan edi. Keyinchalik dron Meksika harbiylari tomonidan urib tushirilgan, shundan so'ng uni ikki nafar erkak olib kyetib, voqea joyidan qochib ketgan.

"Kechagi mashg'ulotimiz vaqtida dron bilan bog'liq voqea haqida xabar topdim. Yaxshiyamki, bu hodisa taktik tayyorgarlikni boshlashimizdan oldin sodir bo'ldi, shuning uchun u jamoamizga katta ta’sir ko'rsatmadi. O'yinga tayyorgarlikning shunday muhim pallasida bunday holat yuz berganidan afsusdaman", - dedi Xon Myon Bo.

O'xshash yangiliklar


Manba: Yonhap