Eldor Shomurodov: “Ertaga Portugaliyaga qaraganda bizga osonroq bo'ladi, sababi debyut qilib bo'ldik”

Абдулвосит Бектемиров
23 iyun 2026, 07:30
MTJ sardori Eldor Shomurodov JCH-2026 2-turidan o'rin olgan Portugaliyaga qarshi bahsdan oldingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

“Bizda bosim yo'q. Shu sababli ertaga Portugaliyaga qaraganda bizga osonroq bo'ladi, deb o'ylayman. Birinchi o'yindan keyin bizda ishonch shakllangan, biz allaqachon debyut qilib bo'ldik. Biz ertaga yaxshi natija uchun maydonga chiqamiz.

Biz raqibimizning birinchi turdagi o'yinining natijasiga ahamiyat bermadik. Bu haqida hozir o'ylashning payti emas. Balki uchinchi turdan keyin buni muhokama qilarmiz, hozir biz uchun eng asosiysi ertangi bahs.

Kolumbiyaga qarshi birinchi bo'limda murabbiy ko'rsatmalarini to'liq bajarolmaganimiz evaziga xatolar kelib chiqdi, nazarimda. Ertaga bunday xatolarni takrorlamasdan, o'z o'yinimizni ko'rsatishga, to'pni ko'proq nazorat qilib, vaziyatlar yaratishga harakat qilamiz.

Hayajon bo'lishi tabiiy, biroq maydonga chiqqan birinchi daqiqamizdayoq bu esdan chiqadi.

Biz Abbos bilan klubda ham birga o'ynaymiz. Mashg'ulotlarda ham doimo birgamiz. Shu sababli ham bir birimizni o'zaro yaxshi tushunamiz, desam bo'ladi”, - deya gapirdi terma jamoamiz sardori matbuot anjumanida.

pressa portugall.jpg

O'xshash yangiliklar


Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: Championat.asia