"Dinamo" Qirg'izistonda yig'in o'tkazadi

30 iyun 2026, 11:39
Mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlik olib borayotgan "Dinamo" jamoasi 28 iyun kuni Toshkentdagi yig'inni yakunlagani haqida xabar bergandik.

Tayyorgarlik rejasi doirasida ikki kunlik dam olishdan keyin Vadim Abramov murabbiyligidagi jamoamiz xorij yig'iniga jo'nab ketdi. Samarqand klubi 30 iyundan 11 iyulga qadar Qirg'izistonning Issiqko'l shahrida o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazadi. Yig'in doirasida tarkibda o'zgarishlar bo'lishi va jamoamiz nazorat o'yinlari o'tkazishi rejalashtirilgan.

Eslatib o'tamiz, "Dinamo" Cuperliga 12-turida 18 iyul kuni Navoiyda "Qizilqum" klubi mehmoni bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: @FCDinamo1960