Luka Modrichning qiz farzandi Ema "Real" ayollar akademiyasi tarbiyalanuvchisiga aylandi

Aslanov Jasurbek
19 avg 2026, 18:36
Madridning "Real" klubi sobiq yarim himoyachisi Luka Modrichning 13 yoshli qizi Ema Modrich "Qirollik klubi"ning ayollar akademiyasi a'zosiga aylandi.

Bu haqda Madrid Xtra xabar bermoqda.

Bunga qadar Ema "Milan"ning U13 jamoasida to'p surgan va 2026 yilning bahorida Turinda o'tkazilgan Coppa Garino turnirida g'olib chiqishga yordam bergan edi. Ushbu musobaqaning yarim finalida "Milan" "Inter"ni, finalda esa "Yuventus"ni mag'lub etgan.

Oila Italiyaga ko'chib o'tishidan oldin qizcha Madrid klubi tizimida mashg'ulot o'tkazgan, ammo o'sha paytda akademiyada tegishli yosh toifasidagi jamoa bo'lmagani sababli tarkibga kira olmagandi.

Ma'lumot uchun, 40 yoshli xorvatiyalik futbolchi 2012–2025 yillar oralig'ida "Real"da to'p surgan, shundan so'ng "Milan" bilan shartnoma imzolagan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Madrid Xtra