

O'zbekiston Superligasi. 18-tur
19 avgust 2026 yil. G'uzor, "Markaziy" stadioni. 20:00
"Mashal" - "Andijon" 0:0
Bosh hakam: Rustam Choriev
Yordamchi hakamlar: Mahmud Turdiev, Feruz Dostonov
Zaxira hakami: Nurjahon Sulaymanov
VAR: Abdurashid Xudoyberganov
AVAR: Husan Xudayberdiev
Nazoratchi: Aleksandr Popov
Komissar: Samandar Ibragimov
"Mashal": 35. Dostonbek To'xtaboev, 2. Zafarbek Akramov, 4. Strahinya Boshnyak, 5. Komiljon Tojidinov, 8. Sardor Abduraimov, 9. Ibrohim G'anixonov, 10. Humoyun Murtozaev, 24. Ifeani Ifeani, 28. Ergash Ismailov, 63. Pavel Bureev, 70. Azizbek Choriev.
Zaxira: 25. Samandarbek Jo'rabekov, 7. Vlatko Stoyanovski, 11. Mahmud Jo'raboev, 19. Tohirbek To'xtasinov, 22. Muhammadbobir Mo'ydinov, 37. Sherzod Fayziev, 50. Drago Bumbar, 72. Normurod Ko'charov, 88. Ahrorbek Rahimov.
"Andijon": 19. Artyom Potapov, 6. Aleksandre Andronikashvili, 7. Po'latxo'ja Xoldorxonov, 9. Imeda Ashortia, 11. Humoyunmirzo Iminov, 14. Abdurahmon Komilov, 15. Nemanya Chalasan, 18. Damir Temirov, 20. Islom To'xtaho'jaev, 77. Mahmudjon Mahamadjonov, 99. Rustam Turdimurodov.
Zaxira: 1. Eldor Adhamov, 2. Odilbek Abdumajidov, 8. Shohmalik Komilov, 10. Dragan Cheran, 23. Fazliddinxo'ja Ubaydullaev, 28. Bekzod Sulaymonov, 33. Doniyor Abdumannopov, 87. Jamshidbek Ko'paysinov, 88. Shohjahon Yorqinboev.
❌ 16-daqiqa. Gol bekor qilindi! "Andijon" futbolchilari o'ng qanotdan jarima maydoniga uzatmani amalga oshirishdi. Rustam Turdimurodov to'pni tizzasi bilan darvoza to'riga yo'lladi, biroq yon hakam ofsayd qayd etgani sababli gol hisobga olinmadi.
⚠️ 13-daqiqa. Xavfli vaziyat! "Mashal" sardori Humoyun Murtozaev jarima maydoni ichidan darvoza tomon zarba yo'lladi. "Andijon" posboni Artyom Potapov to'pni ishonchli tarzda egallab oldi.
🔄 12-daqiqa. "Mashal" tarkibida majburiy o'zgarish: Ibrohim G'anixonov maydonni tark etdi, uning o'rniga Mahmud Jo'raboev o'yinga qo'shildi.
⚠️ 6-daqiqa. Xavfli vaziyat! "Andijon" jamoasidan tezkor hujum. O'ng qanotdan jarima maydoniga yorib kirgan Abdurahmon Komilov to'pni markazga uzatdi. Rustam Turdimurodovning yo'llagan zarbasini esa "Mashal" darvozaboni Dostonbek To'xtaboev bartaraf etdi.
⚠️ 2-daqiqa. Xavfli vaziyat! "Mashal" futbolchisi Azizbek Choriev jarima maydoni tashqarisidan belgilangan standarrtdan kuchli zarba yo'lladi. To'p ustun yonidan o'tib ketdi.
🔔 1-daqiqa. Bosh hakam Rustam Chorievning hushtagi chalindi va uchrashuvga start berildi! Jamoalarga omad tilaymiz.
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Bugungi bellashuvda "Mashal" ko'k, "Andijon" jamoasi esa oq liboslarda harakat qiladi.



