Puyol Yamal haqida: "Lamin atrofida mish-mishlar ko'p, ammo u xotirjam va kamtar"

Aslanov Jasurbek
19 avg 2026, 17:08
Karles Puyol vinger Lamin Yamalda Ispaniya terma jamoasi va "Barselona"ga yana ko'plab sovrinlar keltirish uchun barcha narsa bor deb hisoblaydi.

"Lamin atrofida mish-mishlar ko'p. Men uni xotirjam, maqsad sari intiluvchan va kamtar futbolchi sifatida ko'ryapman. Ammo biz unga Jahon kubogi va muhim sovrinlarni qo'lga kiritganini, lekin futbolchi sifatida o'sishda davom etishi hamda o'z kollekciyasiga yanada ko'proq sovrinlar qo'shishga harakat qilishi kerakligini tushuntirishimiz lozim.

Unda barcha narsa bor. Ispaniya terma jamoasi juda yosh va porloq kelajakka ega. Bitta Jahon kubogini yutish – bu yaxshi; ikkitasi – ajoyib, agar buni uddalay oladigan avlod bo'lsa, bu bizning avloddir. Men uni shu yo'nalishda ruhlantirishga harakat qilgan bo'lardim", – dedi "Barsa" va Ispaniya terma jamoasining sobiq himoyachisi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca