

Ishonchli manbalarning xabar berishicha, O'zbekiston futzal federatsiyasi bu yil ham Superkubok uchrashuviga jahon futboli afsonalarini taklif etgan. 2 sentyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sport majmuasida bo'lib o'tadigan BMB PFC – SQB PFC uchrashuvini Oskar, Rikardu Kuarejma, Marko Materacci singari jahon futbolida o'z nomiga ega bo'lgan o'nlab yulduzlar bevosita stadiondan kuzatib borishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Superkubogi uchrashuvi 2 sentyabr kuni soat 18:00 da Humo Arenada start oladi.
Futbol muxlislarini esa ertasi kuni yana bir katta tomosha kutmoqda. 3 sentyabr Jahon futboli afsonalari - O'zbek futboli afsonalari o'rtoqlik uchrashuvi futbol ishqibozlari uchun Mustaqillik bayramiga sovg'a bo'ladi.



