Pol Pogba endi ishsiz

Aslanov Jasurbek
19 avg 2026, 15:30
"Monako" futbol klubi o'z rasmiy saytida yarim himoyachi Pol Pogbaning jamoadan ketganini e'lon qildi.

Tomonlar shartnomani o'zaro kelishuvga ko'ra bekor qilishdi. Pogbaning "Monako" bilan oxirgi shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan edi.

"Monako" futbol klubi Polga chuqur minnatdorchilik bildiradi va unga kelajakdagi faoliyatida omad tilaydi", - deyiladi Fransiya klubi matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o'tamiz, Pogba 2025 yilning yozidan beri monegasklar futbolchisi hisoblanar edi. Ushbu davr mobaynida yarim himoyachi oltita o'yinda maydonga tushdi. Fransiyalik futbolchi uchrashuvlarning bir qismini jarohatlar sababli o'tkazib yubordi. Avvalroq OAVda Pogba jamoaning Angliyadagi yig'ini vaqtida yana yangi jarohat olgani haqida xabar berilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: asmonaco.com