Amonov “Dinamo” mashg'ulotlariga qaytdi

Sherzod Nurmatov
18 avg 2026, 14:50
“Dinamo” jamoasi hujumchisi Azizbek Amonov mashg'ulotlarga qo'shildi.

“O'zbekiston milliy jamoasi bilan JCH-2026da ishtirok etib qaytgan Azizbek Amonov 18 iyul kuni “Qizilqum” – “Dinamo” (1:2) bahsida jarohat olib safdan chiqqan edi. 1 oylik tiklananish jarayonidan keyin 28 yoshli hujumkor futbolchi mashg'ulotlarga qo'shildi.

Klub tibbiy bo'limining ma'lum qilishicha, Amonov hozirda o'zini yaxshi his etmoqda va u jarohatdan to'liq tiklanib, umumjamoaviy mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda”, – deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o'tamiz, “Dinamo” jamoasi ertaga, 19 avgust kuni Olmaliqda OKMK mehmoni bo'ladi. Uchrashuv soat 19:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Динамо" матбуот хизмати