"Real" prezidenti "Barselona"ga nisbatan tuhmat ishi bo'yicha sudga chaqirildi

Sherzod Nurmatov
29 sen 2026, 11:55
"Real" prezidenti Florentino Peres "Barselona" shaniga bildirilgan tuhmat ishi bo'yicha Madrid sudiga kelishi kerak, deya xabar berdi "Marca".

Avvalroq Peres "Barselona"ni hakamlarni sotib olishda ayblab, kataloniyaliklar "qaymoqranglilar"dan ko'plab sovrinlarni o'g'irlaganini takidlagandi.

Tuhmat bo'yicha davo yuzasidan sud majlisi 25 noyabr kuni bo'lib o'tadi. "Barselona" Peresdan o'z so'zlaridan qaytishini va raddiya bilan chiqish qilishini talab qilmoqda. Agar bu sodir bo'lmasa, Kataloniya klubi sud jarayonini davom ettirish niyatida.

"Barselona" 21 ochko jamg'arib, Ispaniya chempionati turnir jadvalida 1-o'rinni egallab turibdi. "Real" (15 ochko) esa 4-pog'onada bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca