

25 sentyabr kuni O'FA Futbolchilarning maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mitasi tomonidan “Bunyodkor” klubiga ketma-ket ikki ro'yxatdan o'tkazishning to'liq davri davomida yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishga taqiq qo'yildi. Boisi, “Bunyodkor” o'zining sobiq futbolchisi Samandarjon Mavlonqulov oldidagi qarzdorlikni belgilangan muddatda bartaraf etmagan.
Yuqoridagi ikki masala yuzasidan qo'llanilgan sankciyalar alohida-alohida bo'lib, shu ishlar doirasidagi majburiyatlar to'liq bajarilganidan keyingina transfer taqiqi echiladi. Unga qadar “Bunyodkor” nafaqat professional futbolchilarni Liga ro'yxatidan o'tkaza olmaydi, balki akademiya futbolchilarini ham MyLeague platformasiga qo'sha olmaydi.
Endilikda, “Bunyodkor” dastlabki transfer taqiqi qo'yilguniga qadar ro'yxatdan o'tkazgan futbolchilari bilan amaldagi shartnoma va kelishuvlarini uzaytirish orqali klub qaydnomasini shakllantirishi mumkin. Shuningdek, akademiya tarbiyalanuvchilari orasidan ham faqatgina taqiq kuchga kirguniga qadar MyLeague platformasiga kiritilgan futbolchilari bilan mehnat shartnomasi imzolab, ularni ro'yxatga qo'shishi mumkin. Futbol akademiyasida shug'ullanayotgan bo'lsa-da, platformaga kiritilmagan yosh futbolchilar, shuningdek, taqiq kuchga kirganidan keyin “Bunyodkor” akademiyasiga qabul qilingan tarbiyalanuvchilar taqiqlar olib tashlanmaguniga qadar Liga musobaqalarida “Bunyodkor” sharafini himoya qila olmaydi.



