Mourinyuga kerak bo'lmagan futbolchi Iraola qo'l ostida o'ynashi mumkin

Sherzod Nurmatov
29 sen 2026, 13:50
“Liverpul” “Real” va Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Orelen Chuamenini sotib olishdan manfaatdor, deya xabar berdi “TEAMtalk”.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, agar 26 yoshli futbolchi madridliklarning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyu qo'l ostida asosiy tarkibdan muqim joy ololmasa, ingliz klubi "qaymoqranglilar" bilan muzokaralarga kirishishi mumkin.

3.jpg

Chuameni 2026/27 yilgi mavsum "Real" tarkibida safida 3 ta o'yinda ishtirok etdi va samarali harakatlarni amalga oshirmadi. Fransiyalikning Madrid klubi bilan shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 70 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TEAMtalk