

O'FA Futbolchilar maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mitasi mazkur masala joriy yilning 10 sentyabr sanasiga qadar hal qilinishini belgilab qo'ygandi. Masala ijobiy hal etilmasa, “Andijon” futbol klubiga ketma-ket ikki ro'yxatdan o'tkazishning to'liq davrlarida milliy va xalqaro miqyosda yangi futbolchilarni Liga ro'yxatidan o'tkazishiga taqiq qo'yilishi bo'yicha qaror qabul qilingan.
Masala ijobiy hal etilmagach, taqiq avtomatik ravishda kuchga kirdi. Bu haqda “Andijon” futbol klubi 25 sentyabr kuni qo'mita tomonidan xabardor qilindi.
Avvalroq “Bunyodkor” va “TerDU”ga transfer taqiqi qo'yilgan edi.



