“TerDU” ikki transfer oynasida yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkaza olmaydi

admin
29 sen 2026, 13:05
Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar berdi.

O'FA Futbolchilar maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mitasi joriy yilning 3 avgust kuni “TerDU” futbol klubini ogohlantirib, 27 avgustga qadar klubning 16 nafar futbolchisi oldidagi qarzdorligini bartaraf qilish majburiyatini yuklagandi.

Shunga qaramay, “TerDU” klubi qo'mita tomonidan chiqarilgan qaror ijrosini bajarmadi. Oqibatda, klubga nisbatan ketma-ket ikki ro'yxatdan o'tkazishning to'liq davrida milliy va xalqaro miqyosda yangi futbolchilarni Liga ro'yxatidan o'tkazish bo'yicha taqiq qo'yildi.

O'xshash yangiliklar


adminMuallif
Manba: pfl.uz