

Darvozabon "Yuventus" bilan 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi.
2026 yilning iyul oyidan buyon Netu Braziliyaning "Botafogo" klubi bilan shartnomasi tugagach, erkin agent maqomida bo'lib turgandi. Transfermarkt portali darvozabonning qiymatini 900 ming evroga baholamoqda.

Netu avval ham - 2015 yildan 2017 yilgacha "Yuventus" sharafini himoya qilgan. U barcha turnirlarda 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta gol o'tkazib yuborgan va 13 ta bahsda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
Shuningdek, braziliyalik posbon faoliyati davomida "Fiorentina", "Valensiya", "Bornmut" va "Arsenal" jamoalarida to'p tepgan.
"Yuventus" "Volfsburg"dan ijaraga olingan Kamil Grabara tizzasidagi xochsimon paylarning uzilishi sababli noma'lum muddatga safdan chiqqanidan so'ng shoshilinch ravishda darvozabon qidirishga majbur bo'lgan edi.



