"Manchester Siti" APL tomonidan qo'yilgan ayblovlarga javob qaytarish niyatida

Sherzod Nurmatov
29 sen 2026, 15:09
"Manchester Siti" bosh ijrochi direktori Ferran Soriano Kopengagenda boshqa klublar rahbarlari ishtirokida bo'lib o'tgan European Football Clubs tashkiloti yig'ilishida APL ayblovlariga javob berishni vada qildi, deya xabar berdi BBC.

"Bu erga yetib kelish uchun 8 yil kerak bo'ldi va bundan ancha ko'proq vaqt talab etiladi", – dedi Soriano Premer-liganing 2018 yilda boshlangan surishtiruvini nazarda tutgan holda. Chiqishidan so'ng u jurnalistlarning savollariga javob bermay, uchrashuvni tark etdi.

Avvalroq "Siti" 115 ta ayblovning mutlaq ko'pchiligi bo'yicha aybdor deb topilgani ma'lum bo'lgandi. Klub moliyaviy qoidalarni chetlab o'tish maqsadida aloqador kompaniyalardan olingan homiylik daromadlarini oshirib ko'rsatish va hisobga olinmagan to'lovlarni amalga oshirishda ayblangan.

Sankciyalar hozircha e'lon qilinmadi. Ehtimoliy oqibatlar - ochkolardan mahrum qilish, APLdan chetlatish yoki katta miqdordagi jarima. Premer-liga klublari tovon puli undirish bo'yicha yuridik maslahat olishni boshlab yuborishgan, "Siti" esa apellyaciya berishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC