"France Football" yil murabbiyi sovrini uchun nomzodlarni e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
8 sen 2026, 16:43
“France Football” jurnali yilning eng yaxshi murabbiyi sovrini uchun da'vogarlar ro'yxatini e'lon qildi.

Ushbu sovrin Yoxan Kroyf nomi bilan ataladi.

Ro'yxatga besh nafar mutaxassis kiritildi: Mikel Arteta ("Arsenal"), Luis de la Fuente (Ispaniya terma jamoasi), Unai Emeri ("Aston Villa"), Vensan Kompani ("Bavariya") va Luis Enrike (PSJ).

8.jpg

Hisob bo'yicha 70-marotaba o'tkaziladigan taqdirlash marosimi 26 oktyabr kuni Londonda bo'lib o'tadi. O'tgan yili mazkur mukofotga Luis Enrike sazovor bo'lgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: France Football