

"Biz o'z harakatimizning eng yuqori darajasini ko'rsatishimiz kerak, chunki raqib - yuqori darajadagi jamoa. Bu jamoa safida mening futbolchilarimni juda yaxshi taniydigan kuchli ijrochilar bor, o'z navbatida, mening o'yinchilarim ham ularni yomon bilishmaydi. Ayrimlari bir klub sharafini himoya qilishadi. Bizni nima kutayotganini yaxshi anglab turibmiz.
Marokashning o'yin uslubi Paragvaynikidan farq qiladi. Biz Marokash bilan bundan to'rt yil avval Dohada, yarim finalda to'qnash kelgandik. Ikkala jamoa ham to'pga egalik qilishni va gol urishni yaxshi ko'radi. Samaradorlik borasida ko'rsatkichlarimiz yomon emas, lekin ularni yanada yaxshilash mumkin. Raqibning klassi qanchalik yuqori bo'lsa, bizning samaradorligimiz ham shunchalik yuqori bo'lishi shart", - deya Deshamning so'zlarini Diario Sport nashri keltiradi.



