"Neftchi" murabbiyi Ismoilov: "Zenit" Chempionlar ligasida bemalol o'ynay olardi"

9 iyul 2026, 08:50
Farg'onaning "Neftchi" klubi bosh murabbiyi Islombek Ismoilov Sankt-Peterburgning "Zenit" jamoasiga qarshi o'tgan o'rtoqlik uchrashuvidan (1:4) so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

"Zenit" nafaqat Rossiyada, balki Yevropada ham yaxshi jamoa hisoblanadi. Atmosfera ham, arena ham ajoyib edi. Ha, biz yirik hisobda mag'lub bo'ldik, ammo intiladigan jihatlarimiz bor. Bu biz uchun foydali tajriba bo'ldi. Menimcha, "Zenit" Chempionlar ligasida bemalol o'ynay olardi - ularda tarkib ham, murabbiy ham juda yaxshi", - deya Ismoilovning so'zlarini "Chempionat" muxbiri Elvira Bagirova keltiradi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com