Ronaldu Portugaliya JCH-2026dan chiqib ketganidan so'ng ilk bor post joylashtirdi

9 iyul 2026, 07:31
"Al Nascr" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu milliy jamoa jahon chempionatini tark etganidan beri ilk bor ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida post qoldirdi.

Eslatib o'tamiz, 1/8 final uchrashuvida Portugaliya Ispaniya terma jamoasiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.

"Portugaliya abadiy", - deb yozdi Ronaldu o'z sahifasida.

Ispaniya 1/4 finalda Belgiya terma jamoasiga qarshi o'ynaydi. Ronaldu 1/8 final uchrashuvidan so'ng, bu uning faoliyatidagi so'nggi jahon chempionati bo'lganini ma'lum qilgan edi.

JCH-2026 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Meksika va Kanadada bo'lib o'tmoqda. Turnir formati o'zgargani sababli, musobaqa tarixida ilk bor final bosqichida 48 ta jamoa ishtirok etmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com