Jorje Jezush Portugaliya terma jamoasi murabbiyi sifatida qancha maosh olishi ma'lum

9 iyul 2026, 09:15
Saudiya klubida hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan birga ishlagan "Al Nascr" sobiq bosh murabbiyi Jorje Jezush Portugaliya terma jamoasida xuddi shunday lavozimni egallashga yaqin turibdi.

A Bola nashrining xabar berishicha, 71 yoshli mutaxassis bilan shartnoma imzolangani yakshanba, 12 iyul kuni rasman e'lon qilinadi.

Manbaga ko'ra, Jezush bilan to'rt yillik shartnoma imzolanadi. Uning yillik maoshi 4 million evroni tashkil etadi. Bu uning "Al Nacsr" bosh murabbiyi sifatida ishlab topgan maoshidan (12 million evro) ancha kamdir.

Avvalroq Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini ispaniyalik mutaxassis Roberto Martines tark etgan edi. Uning qo'l ostida jamoa JCH-2026ning 1/8 finalida Ispaniyaga (0:1) yutqazib, turnirdagi ishtirokini yakunlagan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: A Bola