

Bu haqda X ijtimoiy tarmog'idagi Times Sport nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma'lum qilishicha, Jeyms, Gexi va Rays individual dastur asosida shug'ullanishgan, qolgan 22 nafar futbolchi esa umumiy guruhda mashq qilgan. Xenderson esa qo'lidagi jarrohlik amaliyotidan so'ng tiklanish jarayonini o'tayotgani sababli mashg'ulotda qatnashmagan.
25 yoshli Gexi turnirda beshta o'yin o'tkazdi, 26 yoshli Jeyms hisobida to'rtta uchrashuv bor, 27 yoshli Rays ham to'rtta bahsda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.



