"Bavariya" Devisning 6 oyga safdan chiqqanini ma'lum qildi, Upamekano ham bir necha haftani o'tkazib yuboradi

Alisher
26 mar 2025
"Bavariya" himoyachisi Alfonso Devis oldingi xochsimon payidan jarohat oldi, deya xabar bermoqda klub rasmiy sayti.

24 yoshli kanadalik taxminan 6 oyni o'tkazib yuboradi. Shuningdek, Dayo Upamekano ham jarohat oldi, u tizza bo'g'imidagi muammolar tufayli bir necha hafta maydonga tusha olmaydi.

Devis joriy mavsum 31 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 26 yoshli francuzning hisobida mavsumdagi 33 o'yinda 2 ta gol bor.


AlisherMuallif
Manba: fcbayern.com