

Darvozabor atrofidagi vaziyatni "Bavariya", "Milan" va "Inter" klublari kuzatib borishmoqda. Bu haqda jurnalist va insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqda xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotiga ko'ra, Angliya klubiga nisbatan huquqiy va sport bosimi ortgan taqdirda, Donnarummaning transferi kelasi yozda ustuvor vazifaga aylanishi mumkin; uning Italiya klublaridan biriga o'tish ehtimoli juda yuqori.
Xususan, "Milan" jamoada Mayk Menyanning kelajagi borasidagi noaniqliklar fonida darvozabonni qaytarish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Avvalroq Donnarumma "Milan" sharafini himoya qilgan (2015-2021 yillar, 251 ta o'yin), shundan so'ng PSJda to'p surgan edi.
Avvalroq "Manchester Siti" 115 ta epizoddan 114 tasi bo'yicha aybdor deb topilgani haqida xabar berilgan edi. Qoidabuzarliklar noto'g'ri moliyaviy ma'lumotlarni taqdim etish, futbolchilar va murabbiylarga to'lovlar qilish, shuningdek, moliyaviy nazorat qoidalariga rioya qilmaslik bilan bog'liq.



