

O'sha yili ushbu mukofot "Real" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduga topshirilgan edi.
- 2013 yil men uchun oltin yil bo'lgan edi. Men Bundesliga va Yevropaning eng yaxshi o'yinchisi edim, ehtimol, "Oltin to'p"ga loyiq edim. Uni olomaganim alam qildi, bu katta hafsalapirsozlik bo'ldi.
Va men buni tan olishdan qo'rqmayman. Bu sehrli mavsum edi: men ham "Bavariya", ham terma jamoa safida ajoyib o'yin ko'rsatib, hamma narsani yutib oldim... Yana nima qilishim kerak edi? - dedi Riberi.



