Riberi murabbiy bo'lishga tayyorligini aytdi: "Jamoam hujumkor o'ynashini xohlayman"

5 okt 2026, 00:38
"Bavariya"ning sobiq yarim himoyachisi Frank Riberi murabbiylik faoliyatini boshlashga tayyorligini ma'lum qildi.

43 yoshli francuz Italiyadagi Koverchano akademiyasida murabbiylik kurslarini tamomladi.

- Men kasbimni haqiqatan ham o'zgartirganimni tushunib etdim. Men uchun jamoani boshqarish, empatiya va futbolchilar bilan munosabat juda muhim bo'ladi. Bu taktika va sxemalardan ham yuqori turadi. Menda ko'plab buyuk murabbiylar bo'lgan - Xaynkes, Anchelotti, shuningdek, Nikola va Yakini - men ularning har biridan nimanidir oldim.

Men jamoamning hujumkor futbol o'ynashini istardim: biz to'pni tez olib qo'yishimiz va darhol gol urishga intilishimiz kerak. Yevropada menga Kompanining "Bavariya"si juda yoqmoqda.

A Seriyaga tayyormanmi? Men tayyor bo'lib tug'ilganman. Ko'raylik-chi, meni nima kutmoqda, - dedi Riberi.

O'xshash yangiliklar


Manba: La Gazzetta dello Sport