

"Maydon tashqarisida u biroz bosiq va tortinchoq, lekin bu odatiy hol. Maydonda esa u aslo qo'rqoq emas, tug'ma yetakchi.
To'p bilan bo'lgan paytda o'z istedodini to'liq namoyon etadi. U allaqachon jamoadan mustahkam o'rin olgan va o'z klubi safida ham ajoyib o'yin ko'rsatmoqda", – dedi Zidan.
Millatlar Ligasining dastlabki 3 ta bahsida Fransiya 7 ochko jamg'ardi. Jamoa Turkiya va Belgiyani 1:0 hisobida mag'lub etdi hamda Italiya bilan durang o'ynadi - 1:1.
Olise Belgiya bilan uchrashuvda g'alaba to'pini kiritdi, shuningdek, Italiyaga qarshi bahsda fransiyaliklarning yagona goliga mualliflik qildi.



