

Bu haqda “Diario AS” ma'lumot tarqatdi.
Qayd etilishicha, 34 yoshli belgiyalik posbon amaldagi shartnomasini oxirigacha o'tab, keyinchalik professional faoliyatini aynan "Real"da yakunlashni rejalashtirmoqda.
Kurtua jamoa safida 2018 yilning yozidan buyon to'p tepib kelmoqda. Darvozabon "Real" bilan birgalikda 14 ta sovrinni qo'lga kiritgan, jumladan, ikki marta Chempionlar Ligasida g'olib chiqqan.
Kurtua 2026/27 yilgi mavsum barcha turnirlarda 8 ta uchrashuv o'tkazib, o'z darvozasidan 9 ta to'p o'tkazib yubordi.



