

"Shensni - zaxira darvozabonimiz. Oxir-oqibat, avval ham aytganimdek, barchamiz xato qilamiz va bunday holatlar uchrab turadi. Menimcha, u to'p bilan ilk to'qnashuvdanoq murakkab vaziyatga tushib qolganini darrov tushundi va bu yaqqol ko'rinib turardi. Natijada birinchi golda bo'lgani kabi oldini olish mumkin bo'lgan yana bir gol o'tkazib yubordik, ammo bu - futbol. Hamma xato qiladi, lekin biz - bir jamoamiz", – deya Flikning so'zlarini keltiradi AS nashri.
"Barselona" 6 o'yinda 6 ta g'alabaga erishib, 18 ochko bilan La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Rasing" esa 7 ochko bilan 10-pog'onani band etgan.



