

Rafinya ushbu o'yinda xet-trik qayd etdi...
– Bu ajoyib, bu yerda g'alaba qozona olganimizdan juda xursandman. Rafinya qilayotgan ishlar meni hayratda qoldirmayapti, – dedi Flikning so'zlarini Marca nashri.
– Nima uchun Livakovichni tarkibga qo'yishga qaror qildingiz?
– Bazan hamma narsani shunchaki tahlil qilish emas, balki o'z his-tuyg'ularingizga ham ishonish kerak. Men shunday his qildim va biz shu qarorga keldik. Bu SHHensniga ishonmasligimiz bilan bog'liq emas. Biz shunchaki Livakovich bugungi o'yin uchun eng yaxshi variant bo'lishi mumkin deb hisobladik.
Bu qandaydir doimiy qaror emas, balki aynan bugungi o'yin uchun tanlov. Men uchun bu oson vaziyat emas. Uning o'ynamayotgani, Gavining o'ynamayotgani… Men uchun bu og'ir, lekin sen jamoa haqida o'ylashing kerak. Bu yerda futbolchilarga nisbatan hech qanday shaxsiy adovat yo'q.
– Kristensen o'zini qanday his qilyapti?
– Menimcha, u bir necha haftani o'tkazib yuboradi. Bu mushak jarohati, ammo biz tekshiruv natijalarini kutishimiz kerak.
– Rafinya shartnomasini uzaytirmoqda…
– Klub uchun bu eng yaxshi qaror. Uning tribunalar va jamoa bilan qanday munosabatda bo'layotganini ko'rganingizda… U - yetakchi, u bor kuchini beradi.
Biz murabbiylar shtabi bilan birgalikda uni "to'qqizlik" (hujumchi) poziciyasiga qo'yishga qaror qildik. Menimcha, hozirda u bundan xursand. Uning ushbu mavsumda ko'rsatayotgan o'yini shunchaki ajoyib. Bugungi ikkinchi bo'lim esa aql bovar qilmaydigan darajada o'tdi.



