"Barselona" Flik qo'lostida o'tkazilgan 126 ta o'yinda 43-yirik g'alabasini qo'lga kiritdi

Aslanov Jasurbek
11 okt 2026, 01:34
Kataloniya klubi Xans-Diter Flik boshchiligida navbatdagi yirik muvaffaqiyatga erishdi.

La Liganing 8-turida "Xetafe" ustidan qozonilgan g'alaba (3:0) germaniyalik mutaxassis davridagi 126 ta bahsda kamida uchta to'p farqi bilan qo'lga kiritilgan 43-muvaffaqiyat bo'ldi.

Flik qo'l ostida "Barselona" "Valensiya"ni to'rt marta (7:1, 5:0, 6:0, 5:0), "Atletik" (3:0, 4:0, 5:0), "Malorka" (5:1, 3:0, 3:0) va "Sevilya"ni (5:1, 4:1, 5:2) uch martadan yirik hisobda mag'lub etdi. Shuningdek, "Real" (4:0, 5:2), "Jirona" (4:1, 4:1) va "Vilyarreal" (5:1, 4:1) ustidan ikki martadan shunday ustunlikka erishildi.

Bundan tashqari, "Feyenoord" (5:1), "Valyadolid" (7:0), "Yang Boyz" (5:0), "Alaves" (3:0), "Bavariya" (4:1), "Crvena Zvezda" (5:2), "Brest" (3:0), "Barbastro" (4:0), "Betis" (5:1), "Real Sosedad" (4:0), "Borussiya" (4:0), "Olimpiakos" (6:1), "Ovedo" (3:0), "Kopengagen" (4:1), "Levante" (3:0), "Xetafe" (3:0), "Osasuna" (3:0), "Atletiko" (3:0), "Nyukasl" (7:2), "Espanol" (4:1), "Elche" (5:0), "Rayo Valekano" (5:2) va "Rasing" (7:2) jamoalari ham yirik hisobda taslim etilgan.

Germaniyalik murabbiy 2024 yildan beri kataloniyaliklarni boshqarib kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru