

"Birinchi o'rinda "Sho'rtan" jamoasini g'alaba bilan tabriklaymiz. Ular g'alabaga haqli edi. O'yinga munosib tayyorgarlik ko'rgan edik. FIFA kunlarida o'rtoqlik uchrashuvlarida qatnashdik, etarlicha hordiq chiqardik. Umuman har tomonlama tayyorgarlik ko'rilgandi. Birinchi bo'limda rejalarimiz o'zgarib ketdi. Reja bo'yicha o'yinning dastlabki qismida futbolchilar turib berishlari, ikkinchisida o'z o'yinimizni ko'rsatishimiz kerak edi. 2 ta gol o'tkazib yubordik, bu ko'payib ketdi. Shogirdlarim gol urdi, iroda ko'rsatishdi. Bilasiz, tarkibimiz yosh, tajriba kam. Xatolar ustida ishlaymiz, albatta bizga vaqt va sabr kerak. Vazifamiz har o'yinda yigitlarni o'stirish, yordam berish. "Aral" jamoasiga futbolchi etkazib berishni maqsad qilganmiz.
Bizda har doim A va B reja bo'lishi kerak. Birinchi bo'limda hisobni ushlab turish lozim edi. Yangi kuchlar orqali o'zimizni sxemamizga o'tish ko'zda tutilgandi. Bunday o'yinlar ham bo'lib turadi. Hayot davom etmoqda, yigitlar o'sishga erishyapti. Keyingi yil bundan ham yaxshi o'ynaymiz", - deydi Aybek Nurbaev.



