Jamoasi super kambek qilgan murabbiy, dubl qayd etgan legioner, penalti qaytargan darvozabon - Superligada 23-tur laureatlari

Sherzod Nurmatov
12 okt 2026, 19:19
Championat.asia sayti O'zbekiston Superligasi 23-turining eng yaxshilarini aniqladi.

23-turning eng yaxshi darvozaboni - Hamidullo Abdunabiev (OKMK)

OKMK darvozaboni Hamidullo Abdunabiev “Navbahor” bilan bahsda (2:2) penaltini qaytardi va jamoasini bir qator vaziyatlarda goldan qutqardi. U uchrashuv mobaynida 5 ta seyv qilib, tur darvozaboni nomiga loyiq ko'rildi.

darvozabon (15).png

23-turning eng yaxshi murabbiyi - Aleksandr Xomyakov (“Buxoro”)

“Buxoro” ortda qolgan turda “Andijon”ga 0:2 hisobida mag'lubiyatga uchray turib, 3:2 hisobida zafar quchdi. Dahshatli kambek qayd etilishida Aleksandr Xomyakovning o'rni beqiyos. Uning o'zgarishlari natijasida buxoroliklar 80-daqiqadan keyin 3 ta to'p kiritib, g'alabani ilib ketishdi. Shu tariqa, Xomyakov tur murabbiyi sifatida etirof etildi.

murabbiy (14).png

23-turning eng yaxshi futbolchisi - Rafael Tavaresh (“Xorazm”)

“Xorazm” bu turda “Neftchi” bilan jangovar durang qayd etdi (2:2). Xorazmliklarning braziliyalik hujumchisi Rafael Tavaresh uchrashuvda o'zining eng yorqin tomonlarini namoyish etib, dublni rasmiylashtirdi va tur futbolchisiga aylandi.

futbolchi (14).png

23-turning eng chiroyli goli muallifi - Sardor Mirzaev (“Lokomotiv”)

“Lokomotiv” bu turda “So'g'diyona” maydoniga safar uyushtirib, 3:2 hisobida g'alaba qozondi. “Temiryo'lchilar” vingeri Sardor Mirzaev 48-daqiqada Abduxoliqovdan pas qabul qilib olib, chap oyoqda uzoq burchakni nishonga oldi. Tajribali futbolchining bu goli turdagi eng chiroylisi sifatida etirof qilindi. Quyida mazkur golni tomosha qilishingiz mumkin.

gol (14).png

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia