Aybek Nurbaev: "Zaxiradan tushgan futbolchilardan xafa bo'ldim"

Aslanov Jasurbek
7 sen 2026, 21:29
Proliga 18-turidan o'rin olgan "TerDU" – "Jayxun" uchrashuvidan so'ng "Jayxun" bosh murabbiyi Aybek Nurbaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?
- Avvalambor bugungi g'alaba bilan barcha "Jayxun" muxlislarini tabriklayman. O'yinga to'xtaladigan bo'lsak, bahs qiyin kechishini bilardik va shunga yarasha hozirlik ko'rgandik. Bosim "TerDU"ga qaraganda bizda ko'proq bo'ldi va bu o'yinni qiyinlashtirdi. Raqibning yo'qotadigan narsasi yo'q edi, shu bois erkin harakat qildi. Uchrashuv qo'l ostimizda o'tdi, maydondagi ustunlikni hisobda ham aks ettira oldik. Birinchi taymda hisobni ochdik. Ikkinchi bo'limda ham gol urishga harakat qildik. Zaxiradan tushgan futbolchilardan xafa bo'ldim, chunki o'yinni kuchaytira olishmadi.

- Raqibdan asosan qaysi jihatlar bo'yicha jamoangiz ustun ko'rindi?
- O'yin uslubi va jismoniy tayyorgarlik hamda ruhiyat tomonlama biz ustun edik. "TerDU" jamoasida ham yaxshi futbolchilar ko'p, biroq bilishimcha, ularda ichki muammolar bor, bu esa yaxshi o'ynashga xalaqit beryapti.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia