"Arsenal" APLda klub tarixidagi eng yaxshi startini takrorladi

Sherzod Nurmatov
9 noya 2026, 12:45
"Arsenal" APLning 10 turidan so'ng to'plangan ochkolar soni bo'yicha klub rekordini takrorlashga erishdi.

Bu haqda "Squawka" statistik tizimi xabar bermoqda.

Shanba, 7 noyabr kuni Mikel Arteta shogirdlari Angliya chempionatining 10-turi doirasida "Xall Siti"ni mag'lub etdi (1:0). Uchrashuv yakunlariga ko'ra, "to'pchilar" 2026/27 yilgi mavsumning dastlabki 10 ta bahsida 27 ochko jamg'arib, 9 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat qayd etdi.

Bundan oldin londonliklar 2022/23 yilgi mavsum startida ham xuddi shunday natijaga erishgan edi.

"Arsenal" Angliyaning amaldagi chempioni hisoblanadi. 10 ta bahsdan keyin jamoa 27 ochko bilan APL turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Squawka