"Real" futbolchilariga o'yin tanaffusidagi janjal uchun diskvalifikaciya xavf solmoqda

Sherzod Nurmatov
9 noya 2026, 12:00
Madridning "Real" jamoasi sharafini himoya qilayotgan Jud Bellingem va Antonio Ryudiger Ispaniya chempionati doirasidagi "Valensiya"ga qarshi uchrashuvning tanaffusida "Mestalya" stadioni qo'riqchilari bilan yuz bergan janjal ishtirokchisiga aylandi.

Bu haqda "Marca" nashri xabar bermoqda.

Uchrashuvda "Real" 3:0 hisobida g'alaba qozondi. To'qnashuv birinchi bo'lim yakunlanganidan so'ng yuz bergan. "Marca" ma'lumotlariga ko'ra, "Valensiya" sport direktori Braulio Vaskes bosh hakam yordamchisi bilan og'zaki dahanaki jangga kirishgan. "Real" yarim himoyachisi Jud Bellingem Vaskesning kostyumidan tortib yuborgach, vaziyat keskinlashgan, bu esa har ikki jamoa futbolchilari o'rtasidagi janjalni keltirib chiqargan.

Nizoni bartaraf etishga stadion xavfsizlik xizmati xodimlari aralashishga majbur bo'lgan. Mavjud ma'lumotlarga qaraganda, "Real" himoyachisi Antonio Ryudiger qo'riqchilardan birining yuziga qo'li bilan zarba bergan. "Valensiya" mazkur voqea videoyozuvini hakamlarga topshirgan, biroq bu holat o'yindan keyingi bayyonnomaga kiritilmagan.

Agar hodisa tajovuzkorlik sifatida baholansa, xavfsizlik xizmati xodimlariga nisbatan kuch ishlatgan "Real" futbolchilari Ispaniya qirolligi futbol federatsiyasining (RFEF) amaldagi Kodeksiga muvofiq 4 tadan 12 tagacha o'yinga diskvalifikaciya qilinishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca