"Bu APL, Disneylend emas". Arteta 16 yoshli Daumanni qizil kartochka uchun keskin tanqid qildi

31 okt 2026, 08:20
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta Angliya Liga kubogining 4-raundidan o'rin olgan "Flitvud"ga qarshi o'yinda jamoa vingeri Maks Daumanning maydondan chetlatilishiga bildirgan emocional munosabatini izohladi.

Uchrashuvning 86-daqiqasida 16 yoshli futbolchi qo'pol podkatdan so'ng raqibini oyog'i bilan turtgani uchun to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka oldi. Dauman maydonni tark etayotganida, kameralar Artetaning o'z o'yinchisini g'azab bilan tergayotganini muhrladi.

O'yin "Arsenal"ning penaltilar seriyasidagi mag'lubiyati va londonliklarning turnirdan chiqib ketishi bilan yakunlandi.

"Munosabatlar turlicha bo'lishi mumkin. Agar otam va onam menga qanday munosabatda bo'lishganini ko'rganingizda, ehtimol: Bu menga yoqmaydi, degan bo'lardingiz. Ammo men uchun bu hozirgidek bo'lib yetishishimga yordam bergan reakciyalar edi. Shunga qaramay, siz hamisha faqat eng to'g'ri va go'zal munosabatni ko'rishni xohlaysiz. Bu APL, Disneylend emas", - deydi Artetaning so'zlarini Sky Sports nashri.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports