

"Biz o'zimizga o'ziimiz hayotni murakkablashtirmoqdamiz. Shu bilan birga, mening fikrimcha, ko'p jihatdan o'yin juda yaxshi chiqdi. Biz o'zimizga qiyinchiliklar yaratdik - murabbiylar shtabi juda yaxshi tushunib turganidek, bo'lmasligi kerak bo'lgan xatolarga yo'l qo'ydik. O'yinga qaytishga muvaffaq bo'ldik va yomon harakat qilmadik. Ehtimol, bugun ko'proq gol urishimiz kerak edi. O'tkazib yuborilgan gollar - shaxsiy xatolarning natijasidir. Biz uyushqoqroq harakat qilishimiz kerak.
O'ylaymanki, biz raqibdan kuchliroq edik. Biz juda sifatli futbol ko'rsatdik va o'yinga qaytishga muvaffaq bo'ldik. Ikkita o'tkazib yuborilgan to'p bizni yana og'ir ahvolga solib qo'ydi, ammo o'yin oxirida hatto g'alabani yulib olishimiz ham mumkin edi.
Biz bir soniyaga ham qo'limizni tushirmadik va muvaffaqiyatga ishonishni davom ettirdik. Shubhasiz, turnirdagi o'rnimizni yaxshilashimiz kerak. Agar ishonchliroq o'ynay boshlasak, albatta, ko'proq ijobiy natijalarga erisha olamiz", - deydi Kerrikning so'zlarini VVS keltiradi.



