Arteta texnik hududdan chiqqani uchun olgan sariq kartochkasi haqida: "Murabbiylar buni 10 daqiqa ichida 36 martagacha qilishadi"

Aslanov Jasurbek
25 okt 2026, 16:12
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta APL doirasidagi "Everton"ga qarshi o'yinda (2:0) texnik hududdan tashqariga chiqqani uchun sariq kartochka bilan jazolanganiga o'z munosabatini bildirdi.

"Men ehtiyotkorroq bo'lishim kerak. Buni diqqat bilan kuzatib borish lozim. Statistikaga tayanadigan bo'lsak, 10 daqiqa ichida texnik hududni 36 marta tark etishning uddasidan chiqadigan va birorta ham sariq kartochka olmaydigan murabbiylar bor.

Men bunday vaziyatlarning barchasini to'plab boryapman, menda katta ma'lumotlar arxivi yig'ilib qolgan. Shunday ekan, men hali rekordchi emasman, rekord boshqa birovga tegishli. Unday holatda, mazkur murabbiyga 10 daqiqa ichida 36 ta sariq kartochka ko'rsatilishi kerak bo'lib chiqadi. Bu nimaga olib kelishini ko'ramiz", - dedi Arteta o'yindan keyingi matbuot anjumanida.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Athletic