

"Birinchi navbatda, "Flitvud"ni keyingi bosqichga chiqqani bilan tabriklayman - ular bunga aynan o'zlari erishgan tarzda erishishdi. Biz uchun bu juda qayg'uli kun. Futbolchilarning kayfiyatiga hech qanday etirozim yo'q: men ushbu darajada talab qilinadigan narsani bajarmagan hech kimni ko'rmadim. Biz to'pga ko'p egalik qildik, juda ko'p vaziyatlar yaratdik, juda ko'p zarbalar berdik - agar penaltilar seriyasidan qochishni istasang, bunday imkoniyatlardan foydalanish kerak. Biz buni uddalay olmadik, vaholanki futbol aynan shundan iborat.
Kubok turnirlarida jamoalarning imkoniyatlari tez-tez tenglashib turadimi? Ha, ayniqsa raqib oldinga chiqib olib, tashabbusni egallab olganda. Butun o'yin davomida biz ularga deyarli hech narsa yaratishga yo'l qo'ymadik, shu bilan birga o'zimizda ko'plab imkoniyatlar bo'ldi, ammo ulardan foydalana olmadik. Oqibatda hamma narsani mayda-chuyda tafsilotlar hal qiladi. Futbol shunaqa - bunday turnirlarning jozibasi aynan shunda, ayniqsa bu mamlakatda.
Gap aslo ruhiyatda emas edi, aks holda men hozir bu yerda g'azabdan yorilib turgan bo'lardim. Men xafaman, hammamiz xafamiz. Biz klub emblemasini munosib himoya qilishimiz shart. Jonbozlik, g'ayrat yoki g'alaba qozonish istagi bilan bog'liq muammolar bo'lmadi - shunchaki yanada ishonchliroq natijani taminlash uchun bizga yana nimadir yetishmadi. Maydonda ko'rsatgan o'yinimizni hisobga olsak, bu hisobda ham o'z aksini topishi kerak edi", - deydi Artetaning so'zlarini Sky Sports nashri.



